Home > Xalqaro Yangiliklar > Britaniya Milliarderlari qochishga tayyorlar
Xalqaro Yangiliklar

Britaniya Milliarderlari qochishga tayyorlar

Britaniya Milliarderlari qochishga tayyorlar

Ma’lumotlarga ko’ra “The Guardian, Britaniyalik milliarderlar agar Leyboristlar partiyasi saylovda g’olib chiqsa, bu mamlakatdan tezda ketishga tayyorgarlik ko’rishadi.

Shu bilan birga, milliarderlar bosh vazir lavozimini Leyboristlarning raisi Jeremi Korbin egallasa qo’shimcha soliqlar evaziga milliardlab funtni yo’qotishidan qo’rqayotganliklari ta’kidlangan.

Xususan, ingliz yuridik firmalarining mutaxassislari, millioner va milliarder mijozlarning boshqa davlatlarga ko’chib o’tishda yordam berishlarini so’rab murojaat qilishgan va qo’shimcha ravishda o’z boyliklarini chet elga yuborishda bo’lgan mijozlarning misli ko’rilmagan qo’ng’iroqlarni eshitganlarini ta’kidlamoqdalar.

Manbaga ko’ra, Korbin boshchiligidagi hukumat, Buyuk Britaniyaning badavlat aholisi tomonidan barqarorlik va hayot sifatiga jiddiy tahdid sifatida qabul qilinmoqda.

Barcha qiziqarli hodisalar haqida ma’lumot olishni xohlaysizmi? Bizga qo’shiling!

Оставьте комментарий