Home > O'zbekiston Yangiliklari > Dronlar o’yinchoq emas
O'zbekiston Yangiliklari

Dronlar o’yinchoq emas

Dronlar o'yinchoq emas

Jinoyat kodeksiga dronlarni noqonuniy olib kirish, sotish, sotib olish, foydalanish va saqlash uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tuzatishlar kuchga kirdi.

Endi bunday jinoyat uch yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qonun bir necha bor buzilgan taqdirda, qamoq muddati uch yildan besh yilgacha oshiriladi. Agar jinoiy harakatning oqibati odamning o’limi bo’lsa, jazo yanada og’irroq – besh yildan sakkiz yilgacha. Agar oqibatlari og’ir bo’lsa va qurbonlar ko’p bo’lsa, o’n yilga qamalish mumkin.

Respublika hududida muammosiz sotilishi va ishlatilishi mumkin bo’lgan yagona narsa bu dronning o’yinchoq modelidir. Bu og’irligi 250 grammgacha bo’lgan, foto va video uskunalari bilan jihozlanmagan kichkina samolyot. Bundan tashqari, u avtonom parvozlarni boshqarish funktsiyasiga ega bo’lmasligi kerak. Uni ishlatish uchun ruxsat zarur emas, lekin parvozlar 50 metrgacha va aerodromga 150 metrdan yaqin bo’lmagan joyda amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dronlarni olib kirish, sotish va undan foydalanishga taqiq 2015 yil boshidan beri amal qilmoqda. Bungacha bunday samolyotlar mulkni himoya qilish uchun, shuningdek, turli xil video mahsulotlarni yaratish va filmlarni suratga olishda keng foydalanilgan. 2016 yil may oyidan boshlab uchuvchisiz qurilmalarni olib kirish va ulardan foydalanish faqat Vazirlar Mahkamasining maxsus ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Barcha qiziqarli hodisalar haqida ma’lumot olishni xohlaysizmi? Bizga qo’shiling!

Оставьте комментарий