Home > Innovatsiyalar va Texnologiyalar > O’zbekistondagi yangi aeroport qanday bo’ladi?
Innovatsiyalar va TexnologiyalarO'zbekiston Yangiliklari

O’zbekistondagi yangi aeroport qanday bo’ladi?

Ikki yildan so’ng Toshkent-Vostochniy aerodromi bazasida ‘‘Terminal-2‘‘ biznes aviatsiya kompleksi ishga tushishi rejalashtirilgan. Yo’lovchi o’tkazish imkoniyati – soatiga mingga yaqin.

2021 yilda qurib bitkazilishi kutilayotgan terminalning dizayni va qurilishi ‘‘Mabetex‘‘ (Shvetsiya) guruhidagi kompaniyalar, ya‘ni B&A Contactors S.A va IT Engineering S.A tomonlaridan amalga oshiriladi. «O’zbekiston temir yo’llari» barcha shartnomalarni imzoladi. Loyiha taxminan 140 million dollarga baholanmoqda.

Aviakompaniya axborot xizmatining xabar berishicha, terminal kuch, erkinlik va baxtning ramzi bo’lgan Humo qushi ko’rinishida bo‘ladi. Uch qavatli bino loyihasida barcha darajadagi yo’lovchilarining ehtiyojlari inobatga olingan, jumladan, ekonom, VIP va CIP. Umumiy zalda kassalar, ma’lumot markazlari, ayirboshlash shoxobchalari, restoranlar, savdo maydonchalari, kutish zalida esa duty free joylashadi. Aeroport IATA va ICAO xalqaro talablariga to’la mos keladi. Avtomatik ro’yxatga olish va maxsus tekshirish vositalari, teleskopik lift, tovarlarni avtomatik qabul qilish va boshqa tizimlar loyihada ko’rsatib o‘tilgan.

Barcha qiziqarli hodisalar haqida ma’lumot olishni xohlaysizmi? Bizga qo’shiling!

Оставьте комментарий