Home > O'zbekiston Yangiliklari > Biznes yangiliklari > “Yasama” ekologiyaga chek qo’yiladi! O’zbekistonda ham mahsulotlarni ekologik qadoqlash joriy qilinadi
Biznes yangiliklariEko-BiznesO'zbekiston Yangiliklari

“Yasama” ekologiyaga chek qo’yiladi! O’zbekistonda ham mahsulotlarni ekologik qadoqlash joriy qilinadi

“Yasama” ekologiyaga chek qo’yiladi! O'zbekistonda ham mahsulotlarni ekologik qadoqlash joriy qilinadi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi mahsulotlarni ekologik qadoqlashni ixtiyoriy asosda joriy etish loyihasini muhokama qilish uchun taqdim etdi.

Hujjat qonuniy kuchga kirganidan so’ng, agar u joriy shaklda qabul qilinsa, unda «bio», «organik», «eko» so’zlarini, qadoqlash idishi qog’ozida yoki reklama materiallarida yozmoqchi bo’lgan tadbirkorlar, birinchi navbatda  eco-friendly – ekologik xavfsizligi bo’yicha maxsus sertifikat olishi lozim.  

Maxsus litsenziyaga ega tashkilotdan olinadigan ekologik xavfsizlik belgisi bo’lmasa, mahsulotning tabiiyligiga nisbatan bildirilgan har qanday e’tiroz qonun buzilishi hisoblanadi. Butun tizim –   ISO 14000 xalqaro standartlariga asoslangan.

Shu tarzda qadoqlash huquqi faqat ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhit, inson salomatligi va bioresurslarga minimal ta’sir ko’rsatadigan mahsulotlarga beriladi. Loyiha bo’yicha  jamoatchilik muhokamasi 19 martgacha davom etadi.